nechpul — O‘zbekistonda qayerda, nima, qancha turishini yaxshi bilamiz

O‘zbekistonda soliq imtiyoziga qanday ega bo‘lishni internetdan izlab ko‘rganmisiz? Yoki avtomobil oynalarini tonirovka qilish uchun plyonkani qanday tanlash va ortiqcha to‘lamaslik haqida ma’lumot izlaganmisiz? Taxmin qilaylik: sizga faqat reklama maqolalari yoki tushunarsiz qonunlar duch kelgan bo‘lsa kerak.

Shuning uchun biz nechpul — murakkab narsalarni sodda tilda tushuntiradigan kanalni yaratdik. Biz oddiy insonning hamyoniga ta’sir qiladigan barcha narsalar haqida yozamiz: qonunlarni oddiy til bilan tushuntiramiz, eng yaxshi mutaxassislar bilan maslahatlashamiz va unikal shaxsiy tajribalarni o‘rganamiz.

Biz payme ko‘magida tashkil etilganmiz. Bu bizga mustaqil bo‘lish va boshqa kompaniyalarning reklamalarini olmaslik imkonini beradi. Biz buyurtma maqolalarni joylashtirmaymiz va reklama o‘rinlarini sotmaymiz. Boshqa brendlar haqida yozsak, buni ularning iltimosiga ko‘ra emas, balki o‘z qarorimiz bilan amalga oshiramiz.

Vazifamiz — o‘zbekistonliklarning hayotini yengillashtirish. Biz hayotning barcha holatlariga mos ishonchli yechimlarni tavsiya qilamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram va Instagram’da ham kuzatib boring.

Savolingiz bo‘lsa yoki muallifimiz bo‘lishni istasangiz, ask@nchpl.uz manziliga yozing