“Eski” dollarlar “yangilaridan” qanday farq qiladi
“Eski dollarlar” 2013-yilgacha bosilgan kupyuralar bo‘lsa, “yangilari” keyinroq muomalaga chiqarilgan. “Eski” va “yangi” dollarni aniqlash oson: “yangi” dollarda banknotaning o‘rtasida ko‘k chiziq — yangi himoya elementi mavjud.
Umuman olganda, eski kupyuralarni qalbakilashtirish oson bo‘lgani uchun ular yangilariga almashtirilgan. Yangi banknotalar ko‘proq himoya elementlariga ega: suvli belgilar, 3D-gologrammalar, rangli qo‘yilmalar.
.webp)
.webp)
O‘zbekistonda eski dollarlarni almashtirish mumkinmi
Bizda eski banknotalarni almashtirishga rasman ruxsat berilgan va Markaziy bank buni tasdiqlaydi. Lekin amalda ayrim ayirboshlash shoxobchalari baribir ularni qabul qilmaydi yoxud kupyuraning eskiligi yoki tekshirishdagi murakkabliklarni bahona qilib, qo‘shimcha haq oladi.
Agar kassa xodimi kamchiligi bo‘lmagan eski namunadagi kupyuralarni almashtirishdan bosh tortayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Markaziy bankiga murojaat qiling, jumladan, saytda yozib qoldirish hamda +998 (71) 212-62-05 yoki +998 (71) 200-00-44 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Hodisa yuz bergan bank nomi va kassa xodimining ma’lumotlarini yozing. Agar kupyuralar chindan yaxshi holatda bo‘lsa, Markaziy bank ushbu bankka nisbatan tegishli choralarni ko‘rishi kerak.
Agar ayirboshlash chog‘ida sizga eski kupyuralar berilgan bo‘lsa, ularni yangiroqlariga almashtirishni so‘rang. Ba’zan yangilari shunchaki bo‘lmaydi — u holda boshqa shoxobchaga murojaat qiling. Sizga yaqin manzillarning qaysi birida eng maqbul valyutalar kursi belgilanganligini bilishda @nechpul_dollar_bot nomli botimiz yordam beradi. Botdan foydalanish bepul va ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Qanday kupyuralar aniq qabul qilinmaydi
Bosib chiqarish yili rad javobining yagona sababi emas. Agar kupyura yomon ahvolda bo‘lsa, uni hattoki bankda ham qabul qilmasliklari mumkin. Qonunga binoan, kassa xodimi shubha uyg‘otadigan kupyuralarni qabul qilishga majbur emas.
Qabul qilinmaydi: yirtilgan, yopishtirilgan hamda bo‘laklari yetishmaydigan kupyuralar. Palov, siyoh yoki bo‘yoq bilan ifloslangan dollarni ham qabul qilmaydilar. Shuningdek, shtamp, muhr bosilgan yoki yozuvlar mavjud kupyuralar ham qaytarilishi mumkin.