Agar sug‘urtasiz ID-karta yoki pasportni yo‘qotsangiz, hujjatni qayta chiqarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi — 333 750 so‘m davlat boji hamda quyidagi miqdorda jarima to‘lashingiz kerak bo‘ladi:

Sug‘urta sotib olsangiz, yangi hujjat uchun boj to‘lash kerak bo‘lmaydi — uni sug‘urta kompaniyasi qoplab beradi. Lekin jarima baribir qoladi: sug‘urta faqat davlat bojidan qutqaradi, jarimadan emas.

Sug‘urta narxi 1 yil uchun 14 000 so‘m, 10 yil uchun esa 50 000 so‘m. Pasport yoki ID-kartangizni yangilasangiz, sug‘urta polisini ham yangilash kerak.

Masalan, siz birinchi marta ID-kartani birinchi marta yo‘qotib qo‘ydingiz. Sug‘urtasiz kartani qayta chiqarish uchun 333 750 so‘m va 3 BHMgacha jarima to‘laysiz. Sug‘urta bilan esa faqat 3 BHMgacha jarima to‘laysiz. Agar sug‘urta summasi hisobga olinadigan bo‘lsa, 283 750 so‘mgacha tejab qolasiz.

Ehtiyot b‘ling! Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirayotganda, sizga to‘lovni xodimning shaxsiy kartasiga o‘tkazishni taklif qilishlari mumkin. Bunga rozi bo‘lmang! Sug‘urta rasmiy hisoblanishi uchun to‘lov faqat sug‘urta kompaniyasining rasmiy hisob raqamiga tushishi kerak.

Agar to‘lovni xodimning shaxsiy kartasiga o‘tkazsangiz, qonun bo‘yicha bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Keyinchalik sug‘urta kompaniyasi pulni qaytarishdan yoki sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortsa, sud orqali ham pulingizni qaytarib olish qiyin bo‘ladi.