Oldin terminlarni tushunib olamiz

Butun dunyoda tonirovka darajasi VLT (visible light transmission) standartida oʻlchanadi. VLT — bu tonirovka plyonkasi orqali oʻtadigan yorugʻlik foizi. VLT qancha past boʻlsa, plyonka shuncha qoramtir boʻladi. Masalan, VLT 100% — toʻliq shaffof plyonka, VLT 5% — oʻta qora plyonka. Ushbu koʻrsatkich barcha yupqa pardalarning hujjatlarida boʻladi.

Lekin xalq orasida aksincha: agar sizga 30% li tonirovkani taklif qilishsa, oyna 30% ga qoraytirilishini, ya’ni 70% yorugʻlik oʻtkazishini (VLT 70%) nazarda tutishadi. Professional terminologiya tarafdan bu notoʻgʻri. Lekin shunday deyish tushunarliroq, shuning uchun biz ham maqolada aynan shunday ta’riflaymiz.

Qonunan nima mumkin?

Qonunga koʻra, old va old yon oynalarning yorugʻlik oʻtkazish darajasi 70% dan kam boʻlmasligi kerak. Old oynaning faqat yuqori qismini — balandligi 14 santimetrgacha boʻlgan chiziqni qoraytirish mumkin. Bunda yorugʻlik oʻtkazish boʻyicha cheklov yoʻq. 

Agar siz old yon oynalarni kuchliroq qoraytirishni xohlasangiz, buning uchun ruxsatnoma kerak boʻladi. Ruxsatnoma bilan yorugʻlik oʻtkazish 30% ni tashkil qilishi mumkin, ya’ni oynalarni 70% ga qoraytirish mumkin boʻladi.

Avtomobilni qoraytirish sxemasi

Tonirovkaning qanday turlari bor?

Tonirovka plyonkalarining turlari ko‘p, lekin tuzilishiga ko‘ra ular asosan uch xil bo‘ladi.

Bo‘yalgan plyonka — eng arzon va ko‘p sotib olinadigan turi. U ko‘proq bezatish vazifasini bajaradi: yorqin nur va begona ko‘zlardan himoya qiladi, lekin ultrabinafsha nurlari va issiqlikni to‘smaydi. Bu degani, yozda mashina juda qizib ketishi, salondagi qoplama va plastik tezroq erishi mumkin.

Metallashtirilgan plyonka metall zarrachalari mavjud qatlamlardan tashkil topgan. Quyosh nurlarini yaxshi qaytaradi va salon qizib ketishini kamaytiradi. Afzalliklari — yorug‘lik va ultrabinafsha nurlardan yaxshi himoya. Kamchiligi — GPS, mobil aloqa va radio ishlashiga xalaqit berishi mumkin.

Keramik plyonka eng zamonaviy va samarali variant. Uning tarkibida issiqlik va ultrabinafsha nurlarni to‘sadigan, shu bilan birga aloqa signallariga xalaqit bermaydigan keramik zarralar mavjud. Bunday tonirovka issiqda ham salonni yanada qulayroq qiladi va vaqt o‘tishi bilan rangi o‘chmaydi. Kamchiligi — baland narxi.

Chap tomonda shaffof plyonka bilan qoraytirilgan oyna. O‘ngda — bo‘yalgan bilan.

Atermal plyonkalar alohida tur sifatida mavjud emas — har qanday energiya tejovchi plyonka shunday bo‘lishi mumkin. Atermal plyonka bilan qoraytirilgan oynani tanish oson: u sadafdek tovlanadi. Juda chiroyli, lekin ba’zan muammo keltirib chiqaradi: qoraytirish me’yorlarini aniqlash uchun DAN xodimlari sizni tez-tez to‘xtatishlari mumkin.

Kozgusimon plyonka taqiqlangan.

Temur
Gloss Technology deteyling studiyasi asoschisi
Tonirovka plyonkasi qanday boʻlishi kerak?

Tonirovka plyonkasi haydovchi va yo‘lovchilarni quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qilishi kerak - bu muhim ko‘rsatkich. Bo‘yalgan plyonkalar ko‘pincha atigi 5 - 20% himoya qiladi, metallashtirilganlari 20 dan 50% gacha, keramik turlari esa 50 dan 99,9% gacha nurlanishni to‘sib qo‘yadi.

Ba’zan ultrabinafsha nurlardan himoya qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan rangli plyonkalar ham uchraydi. Ammo ular baribir premial brendlarning plyonkalaridan ancha past turadi. Chunki yana bir muhim ko‘rsatkich bor: plyonkaning barqarorligi, ya’ni quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qilish va issiqlikni saqlash vaqti.

Agar plyonka bilan qoplangan mashina bir-ikki oy quyoshda tursa, arzon bo‘yalgan plyonka kuyib, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Barqaror plyonkalar besh yildan keyin ham, agar u premial brend plyonkasi bo‘lsa, o‘n yildan keyin ham sifatini yo‘qotmaydi.

Zavod tonirovkasini nima qilish kerak?

Hozir ba’zi modellar zavodning o‘zidan tonirovka bilan chiqmoqda. Masalan, Chevrolet Malibu/Equinox — taxminan 25 foizga, Lacetti — 15 foizga qoraytirilgan. Siz ularning oynalarini kuchliroq qoraytirishingiz mumkin, asosiysi, plyonka yopishtirilganidan keyin ol eshik oynalarining yorugʻlik oʻtkazish darajasi normaga mos boʻlsin — minimum 70% (agar ruxsatnoma boʻlsa, 30%).

Zavod tonirovkasi ma’lumotlari odatda avtomobil pasportida va qo‘shimcha ravishda pastki o‘ng burchakdagi oyna markirovkasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ma’lumotni topolmasangiz, dilerlik markazi menejeriga murojaat qiling.

Avtomobil oynasi markirovkasiga misol. Transparency — bu yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi. Ko‘pincha u aytilganga mos kelmaydi: deteyling salonlarida mutaxassis maxsus apparat yordamida oynaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik foizini aniq belgilaydi.

Tonirovka uchun plyonkani qanday tanlash kerak?

Tonirovka uchun taniqli brendlarning plyonkalarini tanlagan ma’qul — ular qimmatroq, ammo natijada foydaliroq bo‘ladi.

Yirik kompaniyalar sifat uchun javob beradi, ularning mahsulotlari sertifikatlangan va e’lon qilingan xususiyatlarga mos keladi. Premial tonirovka plyonkalari uzoq vaqt xizmat qiladi, ularga kafolat bor. Masalan, Xpel 10 yildan ortiq plyonkalarga kafolat beradi.

Taniqli bo‘lmagan kompaniyalar plyonkalari sertifikatlanmagan, quyoshda tezroq kuyadi, ko‘piklanishi, yorilishi, qatlamlarga ajralishi va yoqimsiz hid chiqarishi mumkin. Kafolat yo‘q yoki minimal bo‘ladi.

Ammo eng muhimi, teri saratoniga sabab bo‘ladigan zararli quyosh nurlaridan himoyadir. Noma’lum brendlarning plyonkalari ultrabinafsha nurlardan deyarli himoya qilmaydi, premial brendlar esa bunday himoyaga maksimal darajada e’tibor qaratadi. Teri saratoniga qarshi kurash uyushmasi veb-saytida quyoshdan maksimal darajada himoya qiluvchi tonirovka plyonkalarining brendlari va modellari to‘plangan. Agar ro‘yxatda siz plyonkasini sotib olmoqchi bo‘lgan kompaniya bo‘lmasa, tavakkal qilmagan ma’qul.

Agar byudjetingiz cheklangan bo‘lsa, butunlay noma’lum mahsulotdan ko‘ra, sinalgan brendning o‘rta segment variantini tanlaganingiz yaxshi. Bu sizni qayta ishlash yoki almashtirish uchun qo‘shimcha xarajatlardan asraydi.

Temur
Gloss Technology deteyling studiyasi asoschisi
Nima uchun tonirovka uchun pulni tejamaslik kerak?

Notanish ishlab chiqaruvchilar - ko‘pincha Xitoy kompaniyalari - plyonkaga turli xil ultrabinafsha, infraqizil yorug‘lik filtrlari va boshqalarni o‘rnatishlari mumkin. Ammo shu bilan birga, bunday filtrlar inson ko‘zi bilan ko‘rinadigan ranglarni buzadi. Masalan, spektr kulrangga siljiydi va atrofdagi hamma narsa qorong‘i bo‘lib qoladi. Mashina salonidan yashil gullagan maydonga qaraysiz va uni bulutli kundagi kabi kulrang ko‘rasiz.

Bundan tashqari, bunday plyonkalar xiralashadi, atrofda tuman va tutun hissi paydo bo‘ladi - bu noqulay, ba’zi hollarda esa hatto hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Agar plyonka bilan qoplangan mashina bir-ikki oy quyoshda tursa, arzon bo‘yalgan plyonka kuyib, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Barqaror plyonkalar besh yildan keyin ham, agar u premial brend plyonkasi bo‘lsa, o‘n yildan keyin ham sifatini yo‘qotmaydi.

Plyonkani tanlayotganingizda uning xususiyatlariga e’tibor bering. Barcha mashhur brendlarda ular yozilgan jadvallar mavjud. Notanish kompaniyalarda bunday ma’lumotlar yo‘q yoki ma’lumotlarda TSER — issiqlik energiyasidan himoyaning muhim ko‘rsatkichi ko‘rsatilmagan. Bunday jadvalni topish uchun qidiruvga shunchaki brend nomi kiritiladi va uning yoniga TSER yoziladi. Agar brendda jadvallar bo‘lmasa, demak, kompaniya nimanidir yashirmoqda va bu ehtiyot bo‘lishga sabab bo‘ladi. Unda boshqa ishlab chiqaruvchini tanlaganingiz ma’qul.

Avtomobil oynalari tonirovkasi
Xpel saytidagi xarakteristikalar jadvaliga misol

Ba’zi ishonchli brendlarning turli narx toifalaridagi variantlarini to‘pladik.

Premial segment: Xpel, Llumar, SunTek, ZM, V-KOOL

O‘rta segment: Global, Armolan, Infinity, Johnson, Sun Control.

Hamyonbop segment: ASWF (American Standard Window Film), Ziebart, MTF, Avtovinyl, Integra

Tonirovka uchun ruxsatnoma qanday olinadi?

Ruxsatnomani faqat onlayn, Davlat xizmatlari saytida rasmiylashtirish mumkin. Ruxsat faqat bir kalendar yiliga beriladi, keyin qayta to‘lov qilib muddatni uzaytirish mumkin.

Ruxsatnoma olish uchun:

  1. my.gov.uz saytiga kiring. Avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, pasport yoki ID-karta kerak bo‘ladi.
  2. “Transport” bo‘limida “Yengil avtomobillar oynalarini qoraytirish” bandini tanlang.
  3. Texnik pasportdan avtomobil ma’lumotlarini kiriting.

Hammasi to‘ldirilgach, to‘lov uchun elektron kvitansiya chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, ruxsatnoma faqat old yon oynalarni 30% dan koʻproq qoraytirish uchun kerak.

Ruxsatnoma qancha turadi va qanday to‘lanadi?

2025-yil fevral holatiga ko‘ra, ruxsatnoma 2 700 000 so‘m turadi. Hukumat yangi tariflarni tasdiqlasa, narx o‘zgarishi mumkin.

To‘lov kvitansiyasini yuklab olish, qog‘ozga chiqarish va keyin u bilan bank kassasi orqali to‘lov qilish mumkin. Lekin uydan turib ham payme orqali bir necha daqiqada to‘lasa bo‘ladi.

Payme ilovasida “To‘lov” bo‘limiga kiring. So‘ng “Davlat xizmatlari va YHXBB jarimalari”, “Tonirovka” bo‘limlarini navbat bilan tanlang. Yoki yanada osonroq — qidiruv qatoriga “Tonirovka” deb yozsangiz, ilovaning o‘zi topib beradi.

Slide 1
“To‘lov” bo‘limiga kiring va “Davlat xizmatlari va YHXBB jarimalari”ni tanlang
Slide 2
“Davlat xizmatlari va YHXBB jarimalari” bo‘limida “Tonirovka uchun to‘lash”ni tanlang — to‘lov sahifasi ochiladi
Slide 3
To‘lov sahifasida kvitansiya raqamini (uni ruxsatnoma olish uchun ariza rasmiylashtirishda olasiz) va to‘lov summasini kiriting. “Davom etish”ni bosing.
Slide 4
To‘lov ilovadagi kartangizdan yechiladi, lekin boshqa kartani ham ko‘rsatishingiz mumkin

To‘lovdan keyin ikki soat ichida QR kodli ruxsatnomani olasiz. Agar sizda ID karta bo‘lsa, ruxsatnomani qog‘ozga bosib chiqarishingiz shart emas. Agar ID bo‘lmasa, chop etganingiz ma’qul — DAN xodimlariga ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladi.

Noto‘g‘ri tonirovka uchun jarimalar

Agar tonirovka normativga mos boʻlsa, hech qanday muammo yoʻq. Lekin old yon oynalaringizning yorugʻlik oʻtkazishi 70% dan kam boʻlsa-yu, buning uchun ruxsatnoma olmagan boʻlsangiz, jarima toʻlaysiz. 

Boshqa oynalar uchun ham shu qoida amal qiladi: yorugʻlik oʻtkazish darajasi 70% dan past boʻlishi noqonuniy. Bu yerda ruxsatnoma rol oʻynamaydi: bu barcha avtomobillar uchun umumiy tonirovkalash qoidasi. Oynali tonirovka uchun ham jarima belgilangan.

Tonirovka qoidasini buzsangiz, sizga jarima yozishadi, mashinangizni jarima maydonchasiga olib ketishadi. Birinchi qoidabuzarlik 25 BHMga tushadi, 2025-yilning martida bu 9 mln 375 ming soʻm. Takroriy qoidabuzarlik uchun 40 BHM — 15 mln soʻm toʻlanadi.

Tonirovka qayerda qilinadi va qancha turadi?

Plyonkani Gloss Technology, Glass Tint, Anygrard yoki Llumar kabi sertifikatlangan tyuning ustaxonalarida yopishtirgan ma’qul — qimmatroq, lekin sertifikati va kafolati bor.

Tonirovka narxi siz tanlagan plyonka turiga bog‘liq bo‘ladi.Toshkentdagi narxlar taxminan quyidagicha: